Premium quyosh tizimlari bilan elektr xarajatlaringizni kamaytiring.Batafsil
Quyosh panellari o'rnatilgan quyosh elektr stansiyasi, havodan ko'rinish

Quyosh energetikasi bo'yicha muhandislik kompaniyasi

Quyosh energiyasi.
Endi sizning nazoratingizda.

Eco Light uy va biznes uchun quyosh elektr stansiyasini loyihalashdan tortib, to'liq ishga tushirishgacha — bitta qo'l ostida, kalit topshirish sharti bilan bajaradi.

  • Rasmiy kafolat
  • Sertifikatlangan o'rnatish
  • 25 yillik ishlash kafolati
  • Butun O'zbekiston bo'ylab xizmat
  • Muddatli to'lov imkoniyati
0+Yakunlangan obyekt
0+O'rnatilgan quvvat (kVt)
0+Jamoa a'zosi
0+amalga oshirilgan obyekt
0+kVt o'rnatilgan umumiy quvvat
0+jamoa a'zosi
0yilda tashkil topgan
0tizim turi: On-Grid, Off-Grid, Gibrid

Bir necha soniyada

O'zingizga mos tizimni hisoblang

Oylik elektr to'lovingizni kiriting — sizga kerakli taxminiy quvvat, oylik tejamkorlik va investitsiya hajmini darhol ko'rsatamiz.

💡 Xonadonlar uchun davlat subsidiyasi asosida narx pastroq — barcha hujjatlarni biz rasmiylashtiramiz.

Tavsiya etilgan quvvat15.8 kVt
Taxminiy investitsiya55 250 000 so'm
Oylik tejamkorlik994 500 so'm/oy
O'zini qoplash muddati4.6 yil
26 520Yillik ishlab chiqarish
10.6 tYillik CO2 kamayishi
280 449 000 so'm25 yillik umumiy tejamkorlik

* Taxminiy hisob-kitob. Aniq narx va konfiguratsiya obyektni ko'rgandan so'ng beriladi.

Ochiq narxlar

1 kVt uchun narxlarimiz

Barcha narxlarga loyihalash, uskuna, montaj va ishga tushirish kiradi — qo'shimcha yashirin xarajatlarsiz.

Subsidiya bilan

On-Grid — xonadonlar uchun

3 500 000 so'm / kVt

Davlat subsidiyasi asosidagi narx. Barcha hujjatlarni rasmiylashtirish xizmati narxga kiradi.

  • Panelga 20 yil kafolat
  • Invertorga 5 yil kafolat
  • Konstruksiyaga 10 yil kafolat
Standart

On-Grid — biznes uchun

4 000 000 so'm / kVt

Har qanday hajmdagi tijorat va sanoat obyektlari uchun. Yakuniy narx obyekt bo'yicha so'rov asosida aniqlashtiriladi.

  • Panelga 20 yil kafolat
  • Invertorga 5 yil kafolat
  • Konstruksiyaga 10 yil kafolat
Gibrid

Gibrid tizim

8 500 000 so'm / kVt

Energiya saqlash tizimi bilan — kechki/tungi zaxira va uzluksiz ta'minot.

  • Panelga 20 yil kafolat
  • Invertorga 5 yil kafolat
  • Konstruksiyaga 10 yil kafolat

✓ O'rnatishdan keyin 1 yil bepul texnik xizmat ko'rsatish barcha paketlarga kiradi. Narxlar taxminiy bo'lib, aniq smeta obyektni ko'rgandan so'ng tuziladi.

Tizim turlari

Har bir obyekt uchun o'z yechimi

On-Grid

Markaziy elektr tarmog'iga ulangan holda ishlaydi. Ortiqcha ishlab chiqarilgan energiya tarmoqqa uzatiladi — eng tez o'zini qoplaydigan variant.

Off-Grid

Tarmoqdan to'liq mustaqil, akkumulyator asosida ishlaydi. Elektr tarmog'i yetib bormagan yoki uzilishlar tez-tez bo'ladigan hududlar uchun.

Gibrid

Tarmoq va energiya saqlash tizimlari integratsiyasida ishlaydi. Kechki/tungi zaxira, uzluksizlik va xarajatlar optimizatsiyasini birlashtiradi.

Ishga tushirishgacha

Qanday ishlaymiz

So'rovdan tayyor, ishga tushirilgan stansiyagacha — to'rt bosqichda, bir jamoa bilan.

⏱ O'rtacha ijro muddati — so'rovdan topshirishgacha 15 kun

01

Texnik audit va loyiha yechimi

  • Obyektning energiya iste'moli tahlili
  • Texnik infratuzilmani o'rganish
  • Individual loyiha yechimini ishlab chiqish
  • Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar
02

Uskuna tanlash va yetkazib berish

  • Panel va invertorlarni tanlash
  • Energiya saqlash tizimini konfiguratsiya qilish
  • Sertifikatlangan uskunalarni yetkazib berish
  • Logistika va saqlash jarayonlarini boshqarish
03

O'rnatish va ishga tushirish

  • Montaj va elektr ulanish ishlari
  • Tizim sinovlari va sozlash
  • Xavfsizlik standartlariga muvofiqlik
  • Ishga tushirish (commissioning)
04

Monitoring va servis

  • Masofaviy monitoring tizimi
  • Ishlash samaradorligini doimiy tahlil qilish
  • Rejalashtirilgan texnik xizmat ko'rsatish
  • Favqulodda servis va qo'llab-quvvatlash

Eco Smart App

Barcha energiya ma'lumotlaringiz bir joyda

Energiyani boshqarish endi oson. Real vaqt rejimida nazorat qiling, tahlil qiling va tejang.

  • Jonli ma'lumotReal vaqt energiya kuzatuvi
  • Balans holatiTo'lov va sarflar tahlili
  • Kunlik / oylik statistikaTahlil va indikatorlar
  • Qurilmalar holatiUlangan qurilmalar nazorati
  • Atrof-muhit ta'siriCO₂ va ekologik hissa
  • Offline rejimInternet bo'lmasa ham ishlaydi

Tez kunda App Store va Google Play'da. Hozircha biz ustidan ishlayapmiz, talab va taklif uchun yozing 🙂

EEco Smart
Quvvat ishlab chiqarish5.01 kVtReal vaqt
Uy iste'moli2.45 kVtReal vaqt
Bugungi ishlab chiqarish
32.7 kVt·soat+12% o'tganiga nisbatan
EBalans
Joriy balans1 250 000so'm
O'tgan oy sarfi850 000so'm
Hisob tarixiBarchasi
To'lov23-iyul, 2024
+500 000 so'm
Elektr energiya sarfi22-iyul, 2024
−120 000 so'm
To'lov20-iyul, 2024
+300 000 so'm
Elektr energiya sarfi19-iyul, 2024
−80 000 so'm
EEco Smart
KunlikOylikYillik
2024-yil 23-iyul
Ishlab chiqarish32.7 kVt·soat
Iste'mol18.4 kVt·soat
00:0006:0012:0018:0024:00
Umumiy ko'rsatkichlar
Samaradorlik78%
O'rtacha quvvat2.45 kVt
EQurilmalar
Barchasi (6)
Quyosh panel 1Onlayn
5.01 kVt
InverterOnlayn
2.45 kVt
BatareyaZaryadlanmoqda
78%
Aqlli rozetkaOnlayn
On
Issiq suv isitkichiOffline
Off
Elektr avtomobilZaryadlanmoqda
80%
EAtrof-muhit ta'siri
CO₂ tejash128.7 kgBu oy
Ekvivalent daraxt12 +Bu oy
Atrof-muhitga ta'sirIjobiy hissa qo'shyapsiz!

Siz ishlab chiqargan toza energiya atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

CO₂ tejash128.7 kg
Daraxt ekvivalenti12
Offline
Offline rejimda

Internet ulanmagan. Ma'lumotlar saqlanadi va ulanish tiklanganda sinxronlanadi.

Ishonchli tanlov

Qo'llaniladigan uskunalar

Faqat xalqaro sertifikatlangan, tan olingan ishlab chiqaruvchilarning panel, invertor va energiya saqlash tizimlari bilan ishlaymiz. Yetakchi barcha global brendlar bilan rasmiy hamkorlikdamiz.

Quyosh panellari

Jinko SolarJA SolarDAH SolarLONGi

Invertorlar

DEYESungrowGrowatt

Energiya saqlash (Akkumulyatorlar)

Huawei LUNAPylontech

Amaliy tajriba

Yirik loyihalarimiz

🏆 UzEnergyExpo — 2025 xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etgani uchun taqdirlangan
14 000 kVt

Suv xo'jaligi vazirligi nasos stansiyalari

O'zbekiston bo'ylab

Respublika hududidagi nasos stansiyalarini quyosh energiyasi bilan ta'minlash bo'yicha yirik davlat loyihasi.

5 295 kVt

Infratuzilmani rivojlantirish muhandislik kompaniyasi

O'zbekiston

Yirik infratuzilma obyektlari uchun kompleks quyosh energetikasi yechimi.

1 700 kVt

Mintaqaviy loyiha — 4 viloyat

Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy

Bir nechta viloyatni qamrab olgan yirik mintaqaviy quyosh energetikasi loyihasi.

1 200 kVt

Qo'yliq qurilish bozori

Toshkent

Yirik savdo infratuzilmasining energiya ehtiyojini qoplashga mo'ljallangan quyosh elektr stansiyasi.

600 kVt

Toshkent arxitektura va qurilish instituti

Toshkent

Ta'lim muassasasida energiya xarajatlarini kamaytirish va barqaror ta'minotni yo'lga qo'yish maqsadida joriy etilgan.

500 kVt

Surxondaryo suv ta'minoti AJ

Termiz

Muhandislik infratuzilmasi obyektida uzluksiz ishlashni ta'minlovchi energiya yechimi.

450 kVt

Dentafill Plus farmatsevtika kompaniyasi

Toshkent

O'zbekistondagi birinchi va yagona "A" toifali farmatsevtika markazi uchun energiya yechimi.

Gibrid330 kVt

Grand Logistics

Toshkent viloyati

Logistika markazida tarmoq va akkumulyator integratsiyasiga asoslangan gibrid energiya yechimi.

Shuningdek, mamlakat bo'ylab kichik biznes va xususiy uylar uchun 10–200 kVt quvvatga ega 200 dan ortiq quyosh elektr stansiyasini o'rnatganmiz.

Moslashuvchan shartlar

Moliyalashtirish modellari

To'g'ridan-to'g'ri investitsiya

Loyiha to'g'ridan-to'g'ri investitsiya asosida moliyalashtiriladi. Obyekt egasi quyosh elektr stansiyasiga to'liq egalik qiladi va ishlab chiqarilgan energiyadan to'liq iqtisodiy foyda oladi.

PPA (Power Purchase Agreement)

Uchinchi tomon investori tomonidan moliyalashtiriladi. Buyurtmachi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq muddatli shartnoma asosida xarid qiladi — boshlang'ich kapital xarajatsiz.

Ko'p beriladigan savollar

Bilishingiz kerak bo'lgan narsalar

Ha. Bulutli havoda ishlab chiqarish pasayadi, lekin to'xtamaydi. Qishda kunduzi qisqarishi hisobga olinib, tizim yillik o'rtacha iste'molga mos hisoblanadi.

Yo'q. Montaj konstruksiyalari tom turiga mos texnologik yechim bilan o'rnatiladi va tom qoplamasining suv o'tkazmasligi buzilmaydi.

Bu obyektning iste'moli, joylashuvi va tanlangan tizim hajmiga bog'liq. Yuqoridagi kalkulyator taxminiy muddatni, aniq muddatni esa texnik audit ko'rsatadi.

Ha. On-Grid tizimlarda tarmoqqa uzatilgan ortiqcha energiyani davlatga 1000 so'm/kVt·soat narxda sotish mumkin — buning uchun barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beramiz.

Ikkalasi ham. Xonadonlardan tortib, savdo markazlari, ishlab chiqarish korxonalari va yirik infratuzilma obyektlarigacha — har biriga individual yechim ishlab chiqamiz.

Ha. Ishga tushirilgandan so'ng 1 yil davomida texnik xizmat ko'rsatish bepul — masofaviy monitoring, rejalashtirilgan texnik xizmat va favqulodda servis qo'llab-quvvatlashi bilan.

Xonadonlar uchun davlat subsidiyasi asosida quyosh stansiyasini arzonroq narxda o'rnatish mumkin. Subsidiya uchun kerakli barcha hujjat ishlarini biz to'liq o'z zimmamizga olamiz — sizdan faqat murojaat qilish talab etiladi.

Naqd pul yoki bank o'tkazmasi orqali to'lashingiz mumkin — narxda hech qanday farq yo'q.

Aloqaga chiqing

Loyihangizni muhokama qilaylik

Formani to'ldiring yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning — mutaxassisimiz 24 soat ichida siz bilan aloqaga chiqadi.

  • Yuridik manzilSurxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, Rabotak MFY, Tadbirkorlar ko'chasi, 47-uy